"Arsenal" "Portu" etakchisini yarim narxidan ham arzonga sotib olishi mumkin

  • 27 iyun, 2020, 10:48
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Londonning “Arsenal” klubi "Portu" xavbeki Danilu Pereyraning xizmatlariga qiziqish bildira boshladi. Bu haqda ESPN nashri xabar tarqatmoqda.

Tecno

Aytish kerakki, “kanonirlar” uni joriy yozgi transferlar davridayoq xarid qilishmoqchi. Pereyraning shartnomasiga ko‘ra tovon puli 60 mln evroni tashkil etsada, “Portu” uni 20 mln evaziga sotishga tayyor. Gap shundaki, Portugaliya grandi koronavirus pandemiyasi ortidan jiddiy zarar ko‘rgan.

28 yoshli Danilu joriy mavsum “Portu” safida 33 ta o‘yinda maydonga tushib, 1 ta golga assistentlik qilgan. Uning klub bilan amaldagi shartnomasi 2022 yilga qadar imzolangan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!