
"Arsenal" nega Rodrigodan voz kechgani oydinlashdi!
Londonning "Arsenal" klubi "Real" futbolchisi Rodrigo bilan shartnoma imzolamaslikka qaror qildi.
Braziliyalik vinger yozgi transfer oynasida "kanonirlar"ning asosiy nishonlaridan biri bo‘lib kelayotgan edi. Biroq, "Madrid Zone" nashriga ko‘ra, "Arsenal" futbolchining maosh borasidagi talablari haddan tashqari yuqori deb hisoblamoqda.
Klub rahbariyati Rodrigoning vakillariga bu moliyaviy shartlarni qondirish niyati yo‘qligini aniq bildirgan.
Transfer borasidagi mish-mishlar, asosan, Rodrigoning "Real"da doimiy o‘yin amaliyotiga ega emasligidan noroziligi fonida yuzaga kelgandi.
Transfermarkt portali esa futbolchining qiymatini 90 million evro deb baholamoqda.
Fikrlar