
"Arsenal" murabbiyi ishdan ketdi
Murabbiy Fredrik Yungberg "Arsenal" jamoasini tark etdi.
43 yoshli mutaxassis Mikel Arteta murabbiylar shtabining a’zosi edi.
"Freddi men kelganimdan buyon jamoaning muhim a’zosi bo‘lib kelgan. Unai ketganidan so‘ng, u jamoa uchun juda ko‘p ishlarni bajardi va biz uni inson hamda murabbiy sifatida qattiq xurmat qilamiz. Kelajakda u bilan murabbiy sifatida to‘qnash kelishimizni bilaman," - dedi Arteta.
Yungberg 1998-2007 yillarda "Arsenal"da to‘p tepgan va shundan so‘ng, yoshlar jamoasiga ustozlik qildi.
Shvetsiyalik mutaxassis o‘tgan mavsumda Unai Emeri ketganidan keyin "Arsenal" bosh murabbiyi sifatida ishladi.
Fikrlar