
"Arsenal" "Monako" yarim himoyachisiga qiziqmoqda
"Arsenal" yozgi transferlar oynasida tarkibni kuchaytirishga jiddiy kirishgan. "Kanonirlar"ning asosiy maqsadi Deklan Rays bilan shartnoma imzolashdir. Agarda yarim himoyachi London klubiga o‘tmasa, uning o‘rniga boshqa futbolchi kelishi mumkin.
"Daily Mail" nashri xabar berishicha, "Arsenal" "Monako" vakili Yussuf Fofanaga qiziqish bildirmoqda. Unga bir nechta top jamoalardan ham takliflar bor. PSJ, "Liverpul" va "Chelsi" 24 yoshli frantsuzni o‘z tarkibiga qo‘shib olishni istaydi.
Eslatib o‘tamiz, Fofana yakuniga etgan mavsumda "Monako" safida 47 ta o‘yinda maydonga tushib, 2 ta gol urdi va 2 ta assist amalga oshirdi.
Fikrlar