"Arsenal" "Milan"ning yosh darvozaboniga qiziqish bildirmoqda

  • 16 dekabr, 10:48
  • Oybek Yo’ldoshev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Milan" darvozaboni Lorentso Torriani Italiyadan Angliya Premer-ligasiga ko‘chib o‘tishi mumkin, deya xabar bermoqda "La Gazzetta dello Sport".

Tecno

Manbaga ko‘ra, Londonning "Arsenal" klubi italiyalik posbonga qiziqish bildirmoqda. "To‘pchilar" Torrianining Milan klubidagi faoliyatini kuzatib bormoqda. Uning bozor qiymati 500 000 evroni tashkil qiladi. Darvozabonning "rossonerilar" bilan amaldagi shartnomasi 2030 yil iyun oyi oxirida tugaydi.

Bu mavsumda darvozabon "Milan"ning D Seriyadagi ikkinchi jamoasida o‘ynadi. Yosh posbon o‘nta o‘yinda maydonga tushib, 12 ta gol o‘tkazib yubordi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!