“Arsenal” mashhur yulduzi transferini blokladi

  • 12 dekabr, 2024, 09:51
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Arsenal” bosh murabbiyi Mikel Arteta jamoa hujumchisi Gabriel Jezusning yanvarda boshqa klubga o‘tishiga yo‘l qo‘ymadi.

Tecno

Standard nashrining ma’lum qilishicha, ispaniyalik murabbiy braziliyalik futbolchi mavsumni “kanonirlar” safida yakunlanishini qat’iy tarzda uqtirgan.

“Arsenal” tarkibida kutilgan darajada samara ko‘rsata olmayotgan 27 yoshli hujumchiga Braziliyaning bir necha klublari, shuningdek, “Atletiko Madrid”dan chorlov bo‘layotgan edi. Da’vogarlar Jezusni yanvarda “Arsenal”dan olib ketishni mo‘ljallayotgandi.

Biroq endi bu transfer amalga oshmaydi.

Jezus joriy mavsum barcha turnirlarda 18 marotaba maydonga tushgan bo‘lsa-da, atigi bitta gol muallifi bo‘ldi. Ayni paytda qimmatbaho yulduz zaxira o‘yinchisiga aylanib qolgan.

Gabriel Jezus 2022 yili “Manchester Siti”dan “Arsenal”ga o‘tganidan beri 87 ta uchrashuvda qatnashib, 20 ta gol va 15 ta assist muallifi bo‘ldi.

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!