
"Arsenal" "Manchester Siti" bahsida yirik hisob qayd etildi
Angliya liga kubogi chorak finalida "Manchester Siti" "Arsenal" mehmoni bo‘lib, yirik hisobda g‘alaba qozondi.
O‘yin manchesterliklar ustunligi ostida o‘tdi. 3-daqiqada Gabriel Jezus qanotdan uzatilgan pasni darvozaga to‘g‘rilab qo‘ydi. 32-daqiqada Aleksandr Lyakazett himoyachilardan aniqroq harakat qilib, Zeki Shteffen darvozasini ishg‘ol qildi. Jamoalar ushbu hisobda tanaffusga chiqib ketishdi.
Ikkinchi taym boshida Riyad Mahrez jarima zarbasini golga aylantirdi. 59-daqiqada Fil Foden himoyachilarni ortda qoldirib, kuchli zarba bilan darvozabonni dog‘da qoldirdi. 73-daqiqada Emerik Laport qanotdan uzatilgan pasni golga aylantirib, o‘yinga yakuniy nuqtani qo‘ydi.
Ushbu o‘yin saytimiz orqali matnli translyatsiya qilindi.
Fikrlar