
"Arsenal" "Lester" yulduzini tekinga qo‘lga kiritmoqchi
"Lester Siti" futbolchisi Yuri Tilemansni qo‘lga kiritish uchun "Arsenal" favorit hisoblanadi. Bu haqda "Express" nashri xabar bermoqda.
Belgiyalikning "tulkilar" bilan amaldagi shartnomasi 2023 yilning yozida tugaydi. Yarim himoyachi esa klubda qolish extimoli past. Bu "kanonirlar"ga uni tekinga qo‘lga kiritish imkonini beradi.
Tilemans ushbu mavsum barcha chempionatlarda 14 ta o‘yinda maydonga tushib, 2 ta gol va 1 ta asisst amalga oshirdi.
Fikrlar