
"Arsenal" "Lester" futbolchisini ko‘zlamoqda
“Lester” klubi markaziy yarim himoyachisi Uilfred Ndidi “Arsenal”ning qiziqishlar doirasiga kirib qoldi. Bu haqda Mirror nashri xabar tarqatmoqda.
Yuqoridagi manbaaga ko‘ra “kanonirlar” 23 yoshli nigeriyalik futbolchi evaziga “tulkilar”ga o‘z futbolchilaridan birini hamda unga qo‘shimcha yana 47 mln evro tovon pulini to‘lashga tayyor.
Ma’lumot uchun, Ndidi joriy mavsum APLda 17 ta o‘yinda maydonga tushdi va 2 ta gol urishga erishdi.
Fikrlar