“Arsenal” kutilmaganda 6 futbolchidan voz kechdi

  • 30 avgust, 2023, 17:02
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Yozgi transferlar oynasi yopilish arafasida “Arsenal” yana olti nafar futbolchiga chiqish eshiklarini ko‘rsatdi.

Tecno

London klubi yozda tarkibni kuchaytirish uchun katta xarajat qildi. Shu bois, rahbariyat g‘aznaga kirim qilish uchun asosiy tarkibga kira olmayotgan va murabbiylar shtabiga kerak bo‘lmay qolgan o‘yinchilardan bir guruhini sotib yuborishga kirishdi.

Football.London nashrining yozishicha, “kanonirlar” Floran Balogunni “Monako”ga pulladi. Uning ortidan Rob Xolding, Nuno Tavaresh, Albert Samba Lokong, Nikolya Pepe hamda Sedrik Soaresh ham ketishi kerak.

Mutaxassislarning ta’kidlashicha, klub sport direktori bu futbolchilarga 1 sentyabrga qadar yangi ish joyi topib berishi talab etiladi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!