"Arsenal" katta transferni amalga oshirishi mumkin

  • 20 oktabr, 2022, 21:00
  • Makhmudov Jamshidbek
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Madridning “Atletiko” klubi hujumchisi Joau Felish faoliyatini “Arsenal”da davom ettirishi mumkin, deya xabar berdi jurnalist Pol Braun.

Tecno

Manbaga ko‘ra, London klubi 22 yoshli portugaliyalikning o‘yinlarini anchadan beri kuzatib kelmoqda, chunki "kanonirlar" rahbariyatida futbolchining harakatlariga muxlislik qiladigan insonlar bor. Hujumchining Madrid klubi bilan shartnomasi 2026 yilning yoziga qadar amal qiladi. "Transfermarkt" Portugaliya terma jamoasi futbolchisini 70 million evroga baholamoqda.

Oldinroq Felish qishki transfer oynasida "matraschilar"ni tark etishi mumkinligi haqida xabarlar tarqalgan edi. Futbolchiga PSJ, "Bavariya" va "Manchester Yunayted" ham qiziqish bildirmoqda.

Portugaliyalik futbolchi joriy mavsum “Atletiko” safida 12 ta o‘yinda maydonga tushib, 3 ta golli uzatmani amalga oshirgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!