
"Arsenal" jahon chempionini o‘z safiga qo‘shib olmoqchi
Londonning "Arsenal" klubi agarda ertaga Evropa ligasida g‘olib chiqsa, mavsumlar oralig‘ida mega-transferni amalga oshiradi.
Mirror nashrining xabar berishicha "kanonirlar" Chempionlar ligasi yo‘llanmasini qo‘lga kiritishsa, "Barselona" himoyachisi Samuel Umtitini sotib olishga urunib ko‘rishadi.
Eslatib o‘tamiz, bundan avvalroq kataloniyaliklar rahbariyati tizzasidan olgan jarohatini operatsiya qildirishni xohlamagani uchun 25 yoshli frantsiyalik futbolchini transferga qo‘yishga qaror qilgani, biroq Umtiti jamoadan ketmoqchi emasligi haqida xabarlar tarqalgan edi.
Ma’lumot uchun, Umtiti joriy mavsumning asosiy qismini jarohat sabab o‘tkazib yubordi va bor yo‘g‘i 12ta o‘yinda ishtirok etdi.
Fikrlar