
"Arsenal" ijaradagi futbolchisini sotish orqali qancha mablag‘ ishlab olmoqchi?
"Arsenal" Genrix Mxitaryanni sotishga tayyor. Londonliklar kamida 17 million evro ishlab olish niyatida.
Mxitaryan 2019/20 yilgi mavsumni ijara asosida "Roma"da o‘tkazmoqda. Uning shartnomasida esa rimliklar 31 yoshli armanni sotib olishlari mumkinligi to‘g‘risidagi band mavjud.
Mxitaryan Rim jamoasi safida 20 ta o‘yinda 6 ta gol va 4 ta golli uzatmani amalga oshirdi. “Transfermarkt.com” portali futbolchining narxini 20 million evroga baholagan.
Fikrlar