“Arsenal” hujumchisi katta gapirib qo‘ydi
Angliya Premer-ligasida peshqadamlik qilayotgan “Arsenal” hujumkor futbolchisi Gabriel Martinelli joriy mavsumda jamoasini katta muvaffaqiyatlar kutayotganini ta’kidladi.
- Bu mavsum juda katta muvaffaqiyatlarga erishishimizga ishonamiz. Hammamiz “Arsenal” uchun bor kuchimizni berishga tayyormiz.
Biz Angliya Premer-ligasi, mamlakat kubogi, Liga kubogi va Evropa Chempionlar ligasida g‘olib chiqishni istaymiz va shunga harakat qilyapmiz, - dedi Gabriel Martinelli angliyalik jurnalistlar bilan suhbatda.
24 yoshli Gabriel Martinelli Braziliyaning unchalik mashhur bo‘lmagan “Ituano” klubi tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. Londonliklar har ikki qanotda o‘ynay oladigan hujumchini 2019 yili 7,1 million evroga transfer qilgan edi.
Joriy mavsumda Gabriel Premer-liga, Angliya Ligasi kubogi va Evropa Chempionlar ligasida jami 11 ta uchrashuvda maydonga tushib, raqiblar darvozasini 4 marotaba ishg‘ol qildi va bitta assist qayd etdi. Uning “kanonirlar” bilan amaldagi shartnomasi 2027 yilning yarmigacha tuzilgan.



Fikrlar