"Arsenal" himoyachisi bu ko‘rsatkichda etakchi
"Arsenal" yarim himoyachisi Gabriel Magalyaynsh so‘nngi 5 yillikda eng ko‘p gol urgan markaziy himoyachiga aylandi.
Gap shundaki, braziliyalik futbolchi kecha Chempionlar ligasining 3-turidan o‘rin olgan "Atletiko Madrid"ga qarshi o‘yinning 57-daqiqasida gol urib hisobni ochdi. Ushbu gol futbolchining 2020 yildan buyon raqiblari darvozasiga kiritgan 22-goli bo‘ldi. Bu ko‘rsatkich uni so‘nngi 5 yillikdagi eng ko‘p gol urgan markaziy himoyachiga aylantirdi. Bu haqda, "TNT Sports" o‘zining "X" tarmog‘ida xabar berdi.
Ma’lumot uchun, Magalyaynsh joriy mavsumda umumiy 12 ta uchrashuvda maydonga tushib, ikkita gol urdi va shuncha golga hammualliflik qildi.



Fikrlar