"Arsenal" himoyachisi baribir klubni tark etadigan bo‘lmoqda

  • 30 iyul, 23:31
  • Bilolbek Imomov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Aleksandr Zinchenko joriy yozda "Arsenal"ni tark etishi ehtimoli bor. "Give Me Sport" nashrining xabar berishicha, 28 yoshli ukrainalik himoyachiga "Fulxem" jiddiy qiziqish bildiryapti. Londonliklar futbolchining atrofidagi shaxslar bilan aloqaga chiqqan va rasmiy taklif berishni ko‘rib chiqmoqda.

Tecno

Manbaga ko‘ra, "Arsenal" Zinchenkoni taxminan 15 million funt (17,4 million evro) atrofida baholamoqda.

Ma’lumot uchun, Zinchenkoning asosiy tarkibdagi o‘yinlari Rikardo Kalaforining transferi va Mayls Lyuis-Skellining o‘sishi tufayli qisqargan. Aleksandr "kanonirlar" safida 91 ta o‘yinda qatnashib, 3 ta gol va 5 ta assist qayd etgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!