"Arsenal" Evropani "yondirayotgan" hujumchini jalb qilmoqchi

  • 16 yanvar, 23:04
  • Bilolbek Imomov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Sporting" hujumchisi Viktor Dyokeresh Angliya Premer-ligasining "Arsenal" klubiga ko‘chib o‘tishi mumkin, deb xabar bermoqda "Lequipe" nashri. 
 
Xabaringiz bor, shvetsiyalik hujumchi 2024 yilning eng yaxshi to‘purari bo‘ldi. Ushbu vaziyatdan so‘ng futbolchi ko‘plab grand klublarning asosiy maqsadiga aylanib borayotgan edi. Bundan tashqari, "to‘pchilar"ning kam sonli hujumchilaridam biri hisoblangan Gabriel Jesus bir necha kun oldin og‘ir jarohat olib, mavsum so‘nggiga qadar safdan chiqdi. Shu bois, Arteta boshchiligidagi londonliklar shu oyda yangi forvard sotib olish haqida o‘ylamoqda. 
 
Manbaga ko‘ra, "kanonirlar" Viktor uchun portugaliyaliklarga 100 million evro berishga tayyor. Biroq, klub mutasaddilari qishki transferlar oynasida hujumchini qo‘yib yubormoqchi emasligini bildirgan. 
 
Ma’lumot o‘rnida, 26 yoshli o‘yinchi bu mavsum 30 ta uchrashuvda ishtirok etib, 32 ta gol va 6 ta golli uzatmaga mualliflik qildi. Uning klub bilan amaldagi shartnomasi 2028 yilgacha mo‘ljallangan bo‘lib, Transfermarkt portalidagi narxi 75 million evro deb baholanmoqda.

Tecno

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!