"Arsenal" Evropa chempioniga qiziqib qoldi

  • 14 aprel, 2023, 11:00
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

So‘nggi paytlarda ommaviy axborot vositalarida "Inter" yarim himoyachisi Nikolo Barellaning transferi borasida mish-mishlar tarqalmoqda. Ilgari 26 yoshli futbolchi "Liverpul" va "Chelsi" bilan faol muzokaralar olib borgan bo‘lsa, endi u "Arsenal" e’tiboriga tushgani haqida ma’lumotlar bor.

Tecno

TodoFichajes nashri xabariga ko‘ra, 26 yoshli italiyalik futbolchi mavsumlar oralig‘ida tarkibini kuchaytirishni maqsad qilgan “kanonirlar” kuzatayotgan nomzodlar ro‘yxatida bor.

Aytish kerakki, Nikolo professional faoliyati davomida vatani Italiyadan tashqarida jamoalarda hali to‘p surmagan. Nufuzli transfermarkt portali ekspertlari yarim himoyachini 70 million evroga baholamoqda. Barellaning "Inter" bilan amaldagi shartnomasi 2026 yilning iyun oyi oxirigacha imzolangan.

Eslatib o‘tamiz, Nikolo Barella Italiya terma jamoasi safida Evro-2020 da g‘olib chiqqan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!