“Arsenal” etti futbolchidan voz kechdi

  • 12 fevral, 08:46
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Arsenal” bosh murabbiyi Mikel Arteta yozgi transferlar vaqtida jamoa tarkibini o‘zgarishga qaror qildi. Bu haqda The Sun nashri ma’lum qildi.

Tecno

Manbada ta’kidlanishicha, “kanonirlar” murabbiylar shtabi rejasiga kiritilmagan bir guruh futbolchilar xizmatidan voz kechadi.

Klubni tark etadiganlar ro‘yxatiga Aleksandr Zinchenko, Kiran Tirni, Tomas Parti, Jorjino, Yakub Kivyor, Rahim Sterling va Murara Neto kiritilgan.

Bu o‘yinchilar transferidan tushgan mablag‘ turli pozitsiyalarga yangi ijrochilarni olib kelishga yo‘naltiriladi. Mikel Arteta tarkibni chempionlik va boshqa sovrinlarni qo‘lga kiritadigan darajada kuchaytirishni maqsad qilgani aytilmoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!