"Arsenal" ekvadorlik egizaklar bilan shartnoma imzoladi

  • 5 dekabr, 19:38
  • Karim Xudayqulov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Londonning "Arsenal" klubi egizaklar Edvin va Xolger Kinteronlar bilan shartnoma imzolagani rasman e’lon qildi. Bu haqda insayder Fabritsio Romano xabar berdi.

Tecno

Jurnalistining ma’lum qilishicha, futbolchilar 18 yoshga to‘lganlarda "to‘pchilar" safiga kelib qo‘shilishadi. Bu 2027 yilning avgust oyida sodir bo‘ladi. Egizaklarni sotib olish "Arsenal"ning butun dunyodagi eng iste’dodli o‘yinchilarni jalb qilish bo‘yicha uzoq muddatli rejasining bir qismi hisoblanadi. 

Eslatib o‘tamiz, ekvadorlik aka-ukalar hozirda "Independente del Vale" safida harakat qilib kelishadi. Edvin o‘ng qanot hujumchi pozitsiyasida harakat qilsa, Xolger hujumkor yarim himoya ampulasida o‘ynaydi. 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!