"Arsenal" Bundesligadan futbolchi sotib olmoqchi

  • 4 mart, 2023, 15:21
  • Oybek Yo’ldoshev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Dortmundning "Borussiya" klubi o‘rta chizig‘i etakchilaridan biri Yulian Brandt "Tumanli Albion"ga o‘tishi mumkin.

Tecno

"Bulinews" nashri xabariga ko‘ra, 26 yoshli germaniyalik futbolchiga Londonning "Arsenal" klubi qiziqish bildirmoqda. Mazkur transferni bosh murabbiy Mikel Arteta xohlamoqda.
Yuulian 2019 yilning yozidan buyon "Borussiya" sharafini himoya qiladi. Uning nemis grandi bilan amaldagi shartnomasi 2024 yilning yoziga qadar amal qiladi. "Transfermarkt" portali germaniyalik yarim himoyachini 28 million evroga baholamoqda.

Bundesliganing joriy mavsumida Brandt 23 ta o‘yinda maydonga tushib, 8 ta gol urdi va 4 ta samarali uzatmani amalga oshirdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!