"Arsenal" braziliyalik hujumchi topdi

  • 22 yanvar, 2024, 23:46
  • Oybek Yo’ldoshev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Arsenal" jamoaning hujum chizig‘ini kuchaytirishni rejalashtirmoqda. "Football Transfers" nashri xabariga ko‘ra, London klubi "Portu"dan Evanilsonni sotib olish imkoniyatini ko‘rib chiqmoqda.

Tecno

"Kanonirlar" rahbarlari braziliyalik futbolchining so‘nggi o‘yinlaridan hayratda va 24 yoshli futbolchi uchun taklif bilan chiqishni rejalashtirmoqda. Biroq londonliklar 24 yoshli forvard uchun 75 million evro to‘lashlari kerak bo‘ladi.

2023/2024 yilgi mavsumda Evanilson "Portu" tarkibida 23 ta rasmiy o‘yin o‘tkazi, 16 ta gol urdi va sheriklari uchun 5 ta golli uzatmani amalga oshirdi. "Arsenal" hozirda APL turnir jadvalida uchinchi o‘rinni egallab turibdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!