
"Arsenal" bosh murabbiyligi uchun asosiy nomzod e’lon qilindi (Foto)
“Manchester Siti” klubi bosh murabbiyi Xosep Gvardiolaning yordamchisi Mikel Arteta o‘zining sobiq jamoasiga qaytishi mumkin. Bu haqda Sky Sports News nashri xabar berdi.
Manbaning ma’lum qilishicha, Arteta “Arsenal”ni boshqarish uchun asosiy nomzod sifatida ko‘rilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, “Arsenal” 29 noyabr kuni Unai Emerini bosh murabbiy lavozimidan iste’foga chiqargan edi. Uning o‘rniga hozirda Freddi Yungberg jamoani vaqtincha boshqarib turibdi.
Shuningdek, «Bavariya» klubining sobiq murabbiyi Niko Kovach «Arsenal»ni boshqarish uchun da’vogarlik qilayotgandi.
Fikrlar