"Arsenal" bosh murabbiyi Yungberg: Adashmasam, 2 bor yurak xurujiga duch keldim!

  • 2 dekabr, 2019, 00:05
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Arsenal" bosh murabbiyi Fredrik Yungberg "Norvich" (2:2) ga qarshi kechgan o‘yindan keyingi fikrlarini bildirib o‘tdi.

Tecno

"Uchrashuvning boshlarida biz mashg‘ulotlarda ishlagan vazifalarimiz qo‘l kelayotganiga guvoh bo‘ldim, ammo gollar urish kerak va hisobda oldingi chiqib olishimiz kerak.

Ushbu klub muvaffaqiyat qozonishini istayman. Faqat g‘alabalar muhim. Men g‘alaba qozonishni xohlayman, shuning uchun hafsalam pir bo‘ldi, ammo ba’zi ijobiy jihatlarni ham ko‘rdim."

Obameyangning penaltisi borasida:

"Adashmasam 2 bor yurak xurujiga duch keldim (Obameyang 1-penalttini golga aylantira olmadi, ammo bahs bosh hakami Pol Tirni unga boshqatdan tepish imkonini berdi).
Muhimi Obameyang psixologik jihatdan baquvvat va ikkinchi urinishda penaltidan gol urishga muvaffaq bo‘ldi," - dedi Yungberg.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!