“Arsenal” bir o‘yinda to‘rtta futbolchini kuzatib bordi

  • 26 yanvar, 2024, 15:36
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

 “Arsenal” rahbariyati Angliya Premer-ligasi g‘olibligi uchun kurashish yo‘lida tarkibni kuchaytirishni rejalashtirmoqda.

Tecno

“Kanonirlar”ning skautlari Bundesligada “Leyptsig” va “Bayer” o‘rtasidagi uchrashuvni bevosita stadiondan tomosha qildi. Angliyalik mutaxassislar leverkuzenliklarning 3:2 hisobidagi g‘alabasi bilan yakunlangan o‘yinda har ikki jamoadan ikkitadan futbolchining o‘yinlarini baholagan.

The Express nashrining yozishicha, londonliklar “Leyptsig”dan yarim himoyachi Xavi Simons va hujumchi Loi Opendaga qio‘iqish bildirmoqda.

“To‘pchilar” nishonida “Bayer” vakillaridan Jeremi Frimpong va yarim himoyachi Eksekiel Palasios ham turibdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!