"Arsenal" "Bavariya"dan yarim himoyachi sotib olmoqchi

  • 24 iyul, 16:10
  • Ali Ahmadxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Arsenal" "Bavariya" yarim himoyachisi Joau Palinyani sotib olish haqida o‘ylamoqda. Bu haqda jurnalist Kristian Falk ma’lum qildi. Portugaliyalik xavbekni "Tottenxem" ham kuzatib bormoqda.

Tecno

Manbaga ko‘ra, "Bavariya" bosh murabbiyi Vensan Kompani o‘z sxemasiga kerakli futbolchi deb hisoblamaydi, shuning uchun uni qo‘yib yuborishga tayyor. Portugaliyalik futbolchi "Bavariya"ga o‘tgan yilning yozida "Fulxem"dan ko‘chib o‘tgan edi. Transfer qiymati 51 mln evroni tashkil etgan.

O‘tgan mavsumda 30 yoshli Palinya klub va terma jamoa safida barcha musobaqalarda 27 ta o‘yinda maydonga tushib, biror marta ham samarali harakat qilmagan. Transfermarkt portali hisob-kitoblariga ko‘ra, futbolchining bozor narxi 30 mln evroni tashkil etadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!