"Arsenal" "Barselona" himoyachisiga qiziqish bildirmoqda

  • 28 iyun, 2024, 17:18
  • Suhrob Xolbekov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Arsenal" yangi mavsum uchun tayyorgarlikni boshladi. Klub bitta himoyachi bilan shartnoma imzolashni o‘z oldiga maqsad qilib qo‘ygan va variantlar orasida "Barselona" a’zosi Jyul Kunde ham bor. 

Tecno

Jerar Romero xabar berishicha, "kanonirlar" Kunde uchun kurashga qo‘shildi, lekin hali taklif bilan chiqqani yo‘q. Kataloniya klubi esa futbolchini faqat katta pul evaziga sotishi mumkin. Shuningdek, jamoa Ronald Arauxoning ehtimoliy transferini ham inobatga oladi. 

Eslatib o‘tamiz, Kunde 2022 yili "Sevilya"dan 50 million evr evaziga sotib olingan. U yakuniga etgan mavsum "Barsa" tarkibida 51 ta o‘yinda maydonga tushib, 6 ta golda ishtiro etdi. 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!