
"Arsenal" "Barselona" futbolchisi uchun kurashga qo‘shildi
"Arsenal" Ronald Arauxo uchun kurashga qo‘shildi.
Avvalroq, "Yuventus" "Barselona" himoyachisini ijaraga olmoqchi ekanligi ma’lum bo‘lgandi.
"Mundo Deportivo" nashri yozganidek, urugvaylik futbolchi o‘yin amaliyotiga ega bo‘lishni istaydi. Unga bu imkoniyat berilmasa, raqobatbardosh loyihani kafolatlaydigan jamoa topish niyatida. "Arsenal" bundan xabardor va "Yuventus" kabi taklif bilan chiqish niyatida.
Qayd etilishicha, "Barsa" Arauxo bilan shartnomani uzaytirmoqchi. Agar futbolchi yangi shartnoma imzolashni istamasa va ketishni so‘rasa, Kataloniya klubi bu imkoniyatni ko‘rib chiqadi.
Fikrlar