"Arsenal" APLning eng zo‘r hujumchilaridan birini sotib olmoqchi

  • 16 oktabr, 2024, 14:18
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Nyukasl" hujumchisi Aleksandr Isak "Arsenal" safiga qo‘shilishi mumkin. Boisi, shvetsiyalik futbolchi "qarg‘alar" bilan yangi shartnoma imzolashga shoshilmayapti.

Tecno

Jurnalist Aleks Kruk so‘zlariga ko‘ra, 25 yoshli futbolchini sotib olishni uzoq vaqtdan beri orzu qilib kelayotgan “kanonirlar” vaziyatni diqqat bilan kuzatishmoqda. London grandi kelasi yozda Isakning transferini amalga oshirishga harakat qilishi mumkin.

Isak "Nyukasl" rahbariyatiga shartnomani uzaytirish bo‘yicha qattiq talablar qo‘ydi: u klub tarixidagi eng yuqori maoshni so‘ramoqda. Transfermarkt ma’lumotlariga ko‘ra, Aleksandr Isakning narxi 75 million evro.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!