
"Arsenal" Angliya terma jamoasi a’zosini o‘z safiga qo‘shib olishga yaqin
"Arsenal" "Kristal Pelas" hujumkor yarim himoyachisi Eberechi Ezeni sotib olishga yaqin turibdi. Klublar bitimning moliyaviy shartlarini kelishib oldilar. Bu haqda Football Transfers xabar bermoqda.
Manbaga ko‘ra, "kanonirlar" Angliya terma jamoasi futbolchisi uchun 63,5 mln evro to‘laydi, shundan 34,5 mln evro birdaniga. Ayni paytda qolgan summani to‘lash yo‘llari muhokama qilinmoqda. Biroq, "burgutlar" 27 yoshli xavbekni sotishdan oldin uning o‘rniga boshqa futbolchi topishni istamoqda.
O‘tgan mavsumda Eze barcha musobaqalarda 43 ta o‘yinda maydonga tushib, 14 ta gol va 11 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Esening klub bilan amaldagi mehnat shartnomasi 2027 yilning yozigacha mo‘ljallangan. Transfermarkt portalida keltirilgan ma’lumotlarga ko‘ra, futbolchining bozor narxi 55 mln evroni tashkil etadi.
Fikrlar