"Arsenal" 40 mln evroga himoyachi sotib olishi mumkin

  • 19 fevral, 2020, 18:21
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Leverkuzenning “Bayer” klubi himoyachisi Jonatan Ta faoliyatini Angliya premer-ligasida davom ettirishi mumkin.

Tecno

Sport Bild nashri tarqatgan xabarga ko‘ra 24 yoshli nemis futbolchisi bilan “Arsenal” jiddiy qiziqmoqda. Ta’kidlash kerakki, uning tovon puli 40 mln evroni tashkil etadi.

Ma’lumot uchun, Ta “dorishunoslar” safida 2015 yildan buyon to‘p surib kelmoqda. U joriy mavsum Bundesligada 18 ta o‘yinda maydonga tushdi va 1 ta golga assistentlik qilishga erishdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!