
"Arsenal", "Chelsi" va PSJ bir futbolchi uchun kurashadi
"Arsenal" yozda hujumchi olmoqchi va nomzodlarni ham ko‘ib chiqmoqda. "GiveMeSport" nashri xabariga ko‘ra, Arteta jamoasi "Napoli" hujumchisi Viktor Osimhenni asosiy nomzod sifatida ko‘rmoqda.
"Kanonirlar" nigeriyalik futbolchini yozda qo‘lga kiritishga urinib ko‘radi. Viktorga "Arsenal"dan tashqari, "Chelsi" va PSJdan jiddiy qiziqish bo‘lmoqda. 25 yoshli forvard yaqinda mavsum oxirida Neapoldan ketishini ma’lum qilgan edi.
Joriy mavsum Osimhen "Napoli" tarkibida 20 ta rasmiy o‘yinda maydonga tushib, o‘nta gol urdi va sheriklariga uchta golli uzatma amalga oshirdi.
Fikrlar