
Arne Slot "Everton"ning Jota vafot etgan paytdagi munosabatini e’tirof etdi
APLning 5-turida "Liverpul" va "Everton" jamoalari qarama-qarshiligidagi uchrashuvga guvoh bo‘lamiz. Ushbu derbi oldidan "qizillar" murabbiyi Arne Slot o‘z fikrlarini bildirdi.
"O‘tgan mavsumda ular bilan o‘ynaganimizda, "irischilar"ning juda yaxshi tarkibi bor edi. Biroq hozirda jamoa yozgi transfer oynasida o‘z tarkibiga bir nechta tajribali futbolchilar qo‘shib olib yanada kuchaydi. Ulardan bittasi ilgari 100 million evroga baholangan va "Siti" safidan ijaraga olingan futbolchi Jek Grilish. U juda ajoyib o‘yin ko‘rsatmoqda. "Everton" kuchli jamoa va qiziq derbi bo‘ladi.
Shuni ta’kidlamoqchimanki, Diogu Jota vafot etganida ular "Enfild"ga kelib, bildirgan munosabatini yuqori baholadim. Ular bunday paytlarda ko‘rish yoqimli bo‘lgan hurmatni namoyish etishdi. O‘rtamizda raqobat davom etayotgan bo‘lsa-da, har ikki jamoaning bir-biriga nisabatan hurmati ham mavjud. "Enfild"dagi har bir o‘yin boshqacha tempda, ammo derbi undan ham o‘zgacha o‘tadi",- dedi niderlandiyalik mutaxassis.
Eslatib o‘tamiz, "Liverpul" va "Everton" o‘rtasidagi uchrashuv 20 sentyabr kuni Toshkent vaqti bilan soat 16:30 start oladi.
Fikrlar