
Arman Tsarukyan Qatardagi UFC turnirida jang qilishi mumkin, raqib...
Taniqli MMA jangchisi Arman Tsarukyan navbatdagi jangini 22 noyabr kuni Qatarda bo‘lib o‘tadigan UFC turnirida o‘tkazadi. Bu haqda "REDFURYMMA" telegram kanali xabar bermoqda.
Unda aytilishicha, ayni damda Tsarukyan uchun raqib tanlash ishlari davom etyapti, chunki jang uchun rasmiy shartnoma hali imzolangani yo‘q.
Ma’lumot uchun, Arman ketma-ket to‘rtta jangda g‘alaba qozondi. U 2024 yilning aprel oyida braziliyalik Charlz Oliveyrani mag‘lub etgandan buyon oktagonda ko‘rinish bermadi.
Fikrlar