
Arman Tsarukyan: "Avvallari o‘zim uchun jang qilardim, endi esa oilam va millatim uchun kurashaman"
UFC jangchisi Arman Tsarukyan engil vazn toifasida amaldagi chempion Islom Maxachev bilan bo‘lajak bahs haqida gapirdi.
“Islom o‘zini meni mensimagandek ko‘rsatishga harakat qilyapti. Biroq uning jamoasi va murabbiylari men juda jiddiy xavf ekanimni tushunib, kuchli tayyorlanishmoqda. O‘zimga kelsak, men g‘alabamga 100 % ishonaman. Bu g‘alati tuyg‘u, lekin men hech qanday hayajonni his qilmayapman. Ko‘rinishidan, bu men uchun uzoq kutilgan jang edi. Uzoq yillardan buyon Armanistondan chempionlik uchun kurashadigan hech kim chiqmagan. Shu bois elkamda turgan as’uliyatni tushunaman va natijaga erishish uchun butun vaqtimni, pulimni va sog‘lig‘imni sarflayman. To‘g‘ri, avvallari o‘zim uchun kurashardim. Endi esa men buni oilam va millatim uchun qilaman” – dedi Tsarukyan "Red Corner MMA" nashriga bergan intervyusida.
Eslatib o‘tamiz, Maxachev (26-1) va Arman (22-3) o‘rtasidagi to‘qnashuv 18 yanvar kuni "UFC 311" turnirida bo‘lib o‘tadi.
Fikrlar