
"Armageddon Championship": Nodirbek Abdusattorov grand final uchun o‘tish bosqichida ishtirok etadi
Shaxmatchimiz Nodirbek Abdusattorov Germaniyada bo‘lib o‘tayotgan "Armageddon Championship" shaxmat seriyasining Osiyo va Okeaniya mintaqaviy bosqichida ishtirok etmoqda.
Abdusattorov asosiy bahslarda Hindiston vakili Gukeshga imkoniyatni boy bergan edi.
O‘tish bosqichi yarim finalida hamyurtimiz eronlik Parham Magsodloni 2:1 hisobida mag‘lub etgan holda grand finalga o‘tish bosqichida ishtirok etish huquqini qo‘lga kiritdi. Ushbu bahsda unga rossiyalik Vladimir Kramnik raqib bo‘ladi.
Agarda Nodirbek Kramnikni ham mag‘lub eta olsa, yana Gukeshga qarshi mintaqa chempionligi uchun dona surish imkoniyatiga ega bo‘ladi.
Fikrlar