
Argentinani mag‘lub qilgan murabbiy Frantsiyada ish boshlashi mumkin
Jahon chempioni Argentinani turnirda faqat Saudiya Arabistoni mag‘lub qila oldi. Terma jamoa bosh murabbiyi Erve Renar esa Frantsiyaning "Nitstsa" klubida ish boshlashi mumkin.
"L'Equipe" nashri xabar berishicha, klub 54 yoshli mutaxassisni Lyusen Favrning o‘rniga kelishini istamoqda.
Ma’lumot uchun, Renar 2015 yili ham Frantsiya chempionatida ishlagan. U "Lill" bosh murabbiy bo‘lgan.
Fikrlar