
Angliyada o‘ynasam, sinib qolaman!
“Yuventus” bilan hamkorligi yakunlanib borayotgan Paulo Dibala nega Angliya premer-ligasi klublari chorlovini qabul qilmayotgani ma’lum bo‘ldi.
Sport menejeri Jorjo Pirenetti bu savolga javob berdi. Bu mutaxassis etti yil muqaddam Dibalaning Turinga olib kelinishida bosh bo‘lgandi.
Dibalaga Angliyada o‘ynash g‘oyasi hech qachon yoqmagan. Paulo o‘zining xarakteristikasi premer-ligaga mos tushmasligini juda yaxshi biladi. Menimcha, u yozda “Inter”ga o‘tib ketadi, - dedi Pirenetti La Gazzetta dello Sport gazetasiga.
Argentinalik yulduz turinliklar bilan maosh masalasida bir to‘xtamga kelisha olmaganidan keyin tomonlar yangi bitim tuzmaydigan bo‘ldi.
Fikrlar