Argentinalik mutaxassis "Barselona"ni boshqarishi mumkin

  • 4 oktabr, 2019, 15:48
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Barselona" klubi jamoa bosh murabbiyligiga "River Pleyt" bosh murabbiyi Marselo Galyardo nomzodini ko‘rib chiqmoqda.

Tecno

Agarda Ernesto Valverde vaziyatni tez orada o‘nglamasa, argentinalik mutaxassis uning o‘rnini egallash uchun asosiy nomzod sifatida ko‘rilmoqda.

"Barselona" rasmiylari Galyardo bilan muzokaralar ham o‘tkazishga ulgurishgan, ammo 43 yoshli mutaxassis hozircha "River Pleyt"ni tark etish niyati yo‘q va ustiga-ustak "River Pleyt" Libertadores Kubogining yarim finalidagi yurishini davom ettirmoqda.

Ma’lumot uchun, Galyardoning klubi bilan 2021 yilgacha mo‘ljallangan bitimi bor.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!