
Argentinadan chiqqan eng zo‘r futbolchilar reytingi tuzildi
Buyuk Britaniyaning FourFourTwo nashri futbol tarixida chuqur iz qoldirgan argentinalik eng zo‘r futbolchilar reytingini tuzdi.
Bu ro‘yxatda “Inter Mayami” hujumchisi Lionel Messi afsonaviy futbolchi Diego Maradonani ortda qoldirib, birinchi o‘ringa loyiq ko‘rildi.
Kuchli o‘nlikka kiritilgan futbolchilar bilan tanishing:
Lionel Messi (hujumchi, 2003 — hozirgacha).
Diego Maradona (yarim himoyachi, 1976—1997).
Mario Kempes (hujumchi, 1971—1996).
Daniel Passarella (himoyachi, 1971—1989).
Gabriel Batistuta (hujumchi, 1988—2005).
Oskar Rudjeri (himoyachi, 1981—1997).
Xorxe Burruchaga (yarim himoyachi, 1982—1998).
Ubaldo Filol (golkiper, 1965—1991).
Anxel Di Mariya (hujumchi, 2005 — hozirgacha).
Xaver Maskerano (himoyachi, 2003—2020).
Fikrlar