
Argentina – Kolumbiya 0:2 (video)
Amerika kubogining 1-turida Argentina terma jamoasi Kolumbiyaga qarshi bahs olib bordi.
Salvador shahridagi "Arena Fonte-Nova — Otaviu Mangabeyra" stadionida kechgan uchrashuvda kolumbiyaliklar 2:0 hisobidagi ishonchli g‘alabani qo‘lga kiritishdi. Gollarga Roxer Martines va Duvan Sapatalar mualliflik qildi.
Shu tariqa Karlush Keyrush shogirdlari 3 ochko bilan "V" guruhida etakchilikni qo‘lga olishdi. Mazkur jamoa 2-turda Qatarga qarshi o‘ynasa, Argentina Paragvay bilan kuch sinashadi.
Quyida ushbu uchrashuvning qisqacha videosharhi hamda kiritilgan gollarni tomosha qilishingiz mumkin:
Fikrlar