Argentina terma jamoasining yana bir etakchisi safdan chiqdi

  • 17 mart, 2024, 12:40
  • Oybek Yo’ldoshev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Roma" hujumchisi Paulo Dibala jarohat oldi, deya xabar berdi "Sky Sport" nashri jurnalisti Anjelo Manjanten.

Tecno

Argentinalik futbolchiga son mushaklari jarohati tashxisi qo‘yilgan. Shu sabab 30 yoshli yulduz Italiya chempionati doirasidagi “Sassuolo”ga qarshi o‘yinda “bo‘rilar”ga yordam bera olmaydi. Bundan tashqari, Paulo Argentina terma jamoasining Kosta-Rika va Salvadorga qarshi uchrashuvlarda ham yordam bera olmaydi.

Ma’lumot uchun, Dibala joriy mavsum Italiya A Seriyasida 20 ta o‘yin o‘tkazib, 12 ta gol urdi va 7 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!