
Argentina terma jamoasi ustozi Messini xafa qildi
Argentina milliy terma jamoasi bosh murabbiyi Lionel Skaloni ayni paytda jahon futbolidagi eng kuchli uch nafar futbolchi kimligi haqidagi savolga javob berdi.
Qizig‘i shundaki, murabbiy o‘z tanloviga terma jamoa etakchisi, sakkiz karra “Oltin to‘p” sohibi Lionel Messini kiritmadi.
- Hozirgi kunda jahonning eng kuchli uch futbolchisi Kilian Mbappe, Lamin Yamal, shuningdek, Xulian Alvares yoki Lautaro Martines, - dedi Lionel Skaloni.
Argentina terma jamoasi navbatdagi uchrashuvlarini 6 va 11 iyun kunlari o‘tkazadi. Bu sanalarda Lionel Skaloni shogirdlari Chili va Kolumbiyaga qarshi o‘ynaydi. Argentinaliklar 2026 yilgi jahon chempionati yo‘llanmasini muddatidan avval qo‘lga kiritib bo‘lgan.
Fikrlar
бу хорижликлар ва бошка професионаллар, бунака майда нарсага хафа булмайди.
санлар шунака гапга хафа булсаларинг керак