Argentina terma jamoasi sobiq futbolchisi Superliga klubi bilan shartnoma imzolashga yaqin turibdi

  • 13 iyul, 2024, 11:32
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Argentina terma jamoasining sobiq futbolchisi Erik Lamela tez orada yangi klubi bilan shartnoma imzolaydi. 32 yoshli vinger Gretsiyaning AEK klubi tarkibida to‘p suradi.

Tecno

Insayder Rudi Galettining xabar berishicha, futbolchi erkin agent sifatida Afina klubiga o‘tadi. Tomonlar o‘rtasidagi shartnoma 2027 yilning yoziga qadar amal qiladi.

Erik Lamela o‘tgan mavsum Ispaniyaning “Sevilya” klubida o‘ynadi. Argentinalik futbolchi 2013 yildan 2021 yilgacha “Tottenxem” sharafini himoya qilgan va faoliyati davomida shuningdek, “Roma” va “River Pleyt” klublarida ham o‘ynagan.

AEK o‘tgan mavsum Gretsiya Superligasida ikkinchi o‘rinni egalladi. PAOK esa ikki ochko ko‘p jamg‘arib, chempion bo‘ldi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!