Argentina terma jamoasi Simeonening xizmatlaridan foydalanmoqchi

  • 11 oktabr, 2022, 16:32
  • Makhmudov Jamshidbek
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Napoli" hujumchisi Jovanni Simeone Argentina terma jamoasi tarkibida Qatarda bo‘lib o‘tadigan jahon chempionatiga borish imkoniyatiga ega.

Tecno

"Il Mattino" nashri xabariga ko‘ra, "albiseleste" bosh murabbiy Lionel Skaloni "Atletiko" ustozi Diego Simeonening o‘g‘li Jovanni Simeoneni Qatar jahon chempionatiga chaqirmoqchi.

Kichkina Simeone joriy mavsum boshlanishidan oldin Italiyaning top-klubiga o‘tdi. "Napoli" libosida argentinalik futbolchi barcha musobaqalarda to‘qqizta uchrashuvda ishtirok etib, to‘rtta gol urdi. Jovanni faoliyati davomida Argentina terma jamoasi tarkibida beshta o‘yin o‘tkazib, bitta gol muallifiga aylangan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!