Argentina terma jamoasi jiddiy yo‘qotishga uchradi
Argentina terma jamoasi hujumchisi Paulo Dibala “JCh-2022” saralashidan o‘rin olgan Boliviyaga qarshi bahsda maydonga tusha olmaydi. Bu haqda terma jamoa matbuot xizmati xabar tarqatmoqda.
“Yuventus” futbolchisi Ekvadorga qarshi kechgan o‘yinni ham yo‘tal sabab o‘tkazib yuborgan edi.
Boliviya – Argentina uchrashuvi 13 oktyabrdan 14 oktyabrga o‘tar kechasi Toshkent vaqti bilan soat 01:00 da boshlanadi.



Fikrlar