Argentina terma jamoasi hujumchisi: "Messi men uchun tirik afsona"

  • 1 noyabr, 2024, 15:50
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Lautaro Martines Lionel Messi uni "Oltin to‘p"ga munosib deb bilishidan xursandligini aytib o‘tdi.

Lionel Messi bu yil siz bu sovringa hammadan ko‘ra ko‘proq loyiq ekanligingizni aytdi. Nomzodlar ro‘yxatida bo‘lganingizda qanday his-tuyg‘ularni boshdan kechirdingiz? 

Barcha zamonlarning eng buyuk o‘yinchisi shunday deb o‘ylashidan faxrlanaman. Nomzodlar qatoridan joy olganimdan juda xursandman.

Men terma jamoa bilan ajoyib mavsum o‘tkazganim, Amerika Kubogida g‘olib chiqqanim va "Inter" bilan Skudetto, Italiya Superkubogini qo‘lga kiritganimni e’tirof etilishi ajoyib bo‘ldi deb o‘ylayman. Men ikkita turnirda eng yaxshi to‘purar bo‘ldim va A Seriyaning eng yaxshi futbolchisi sifatida e’tirof etildim.

To‘g‘risini aytsam aslida ko‘proq narsani kutgan edim. Ba’zida bu kabi mukofotlarni topshirilishi adolatsizroq bo‘ladi. Lekin men nima bo‘lganda ham "Inter" va terma jamoadagi faoliyatimdan mamnunman.

Tecno

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!