Argentina terma jamoasi Chili va Meksikaga qarshyi o‘yinlar uchun tarkibni e’lon qildi

  • 19 avgust, 2019, 21:16
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Argentina terma jamoasi bosh murabbiyi Lionel Skaloni sentyabr oyida Chili va Meksikaga qarshi bo‘ladigan o‘rtoqlik o‘yinlari uchun quyidagi futbolchilarni chaqirdi:

Tecno

Darvozabonlar: Esteban Andrada ("Boka Xuniors"), Franko Armani ("River Pleyt"), Agustin Markezin ("Portu");

Himoyachilar: Nikolas Otamendi ("Manchester Siti"), German Petstselya ("Fiorentina"), Leonardo Balerdi ("Borussiya" Dortmund), Markos Roxo ("Manchester Yunayted"), Lukas Martines ("River Pleyt"), Gonsalo Montiel ("River Pleyt"), Nikolas Figal ("Independente"), Nikolas Talyafiko ("Ayaks");

Yarim himoyachilar: Markos Akunya ("Sporting"), Leandro Paredes (PSJ), Gvido Rodriges ("Amerika"), Djovani Lo Chelso ("Tottenxem"), Nikolas Dominges ("Veles Sarsfild"), Rodrigo de Paul ("Udineze"), Esekiel Palasios ("River Pleyt"), Matias Zaracho ("Rasing"), Roberto Pereyra ("Uotford"), Lukas Okampos ("Sevilya"), Manuel Lantsini ("Vest Xem"), Xoakin Korrea ("Latsio"), Aleksis Mak Allister ("Boka Xuniors");

Hujumchilar: Lautaro Martines ("Inter"), Paulo Dibala ("Yuventus"), Adolfo Gaych ("San-Lorentso").

Ma’lumot uchun, terma jamoa etakchisi Lionel Messi 3 ta o‘yinga diskvalifikatsi qilingani bois ushbu bahslarga chaqirilmadi.

Eslatib o‘tamiz, “albasetlar” dastlab 4 sentyabr kuni Chiliga qarshi, 9 sentyabr kuni esa Meksikaga qarshi o‘ynashadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!