Argentina bosh murabbiyi: Messi nima haqda o‘ylayotganini bilmayman

  • 30 mart, 2023, 10:45
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Argentina terma jamoasi bosh murabbiyi Lionel Skaloni hujumchi Lionel Messining terma jamoadagi faoliyatini davom etishini istaydi.

Tecno

Eslatib o‘tamiz, 35 yoshli PSJ hujumchisi bugun Argentina terma jamoasi safida Kyurasaoga qarshi o‘rtoqlik uchrashuvida (7:0) xet-trik qayd etdi va terma jamoada kiritgan gollari sonini 102 taga etkazib oldi.

“Men uning ichki tuyg‘ularini bila olmayman. U nimani o‘ylayotganini va nima qilishini bilmayman. Men uning o‘ynashini, maydonda bo‘lishini xohlayman. Men uning o‘ynashda davom etishini istardim.

Terma jamoa uchun 102 ta gol? Umid qilamanki, uning gollari bundanda ko‘proq bo‘ladi. U bu e’tirofga loyiq”, - dedi Argentina terma jamoasi bosh murabbiyi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!