Argentina bosh murabbiyi: "Asosiy vaqtda g‘alaba qozonishga haqli edik"

  • 10 dekabr, 2022, 12:19
  • Javokhir Azimov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Jahon chempionati chorak final bosqichi doirasidagi Niderlandiya - Argentina uchrashuvidan so‘ng "albiseleste" bosh murabbiyi Lionel Skaloni matbuot anjumanida quyidagi fikrlarni bildirib o‘tdi.

Tecno

"Jamoamiz kuchli harakterga ega, bu bizga har qanday qiyinchilikni engishga imkon beradi. Biz asosiy vaqtda g‘alaba qozonishga haqli edik, bahsni penaltilar seriyasiga qadar olib bormasligimiz kerak edi. Biroq shunda ham o‘zimizni yo‘qotmadik va keyingi bosqich yo‘llanmasiga ega chiqdik.

Butun o‘yin bizning nazoratimiz ostida o‘tdi. Bu - futbol, ba’zida nimalar sodir bo‘lishini oldindan ayta olmaysiz. Nima bo‘lishidan qat’i nazar, hech qachon taslim bo‘lmaslik lozim",-dedi Skaloni.

Ma’lumot uchun, endi argentinaliklar final ostonasida Xorvatiyaga qarshi maydonga tushadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!